Universitet Buxgalteriyasi
Veb-sayt va CRM tizimlar
Loyiha haqida: «Universitet buxgalteriyasi» — bu «Profi University» xususiy universitetining buxgalteriya ishlarini boshqaruvchi axborot tizimi hisoblanadi. Loyiha 2023 yilda ishlab chiqilgan va 2024 yilda kengaytirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi universitet buxgalteriyasida amalga oshiriladigan ishlarni, jumladan: shartnomalarni shakllantirish va talabalar bilan ishlash, to‘lovlarni kiritish va monitoring qilish, qarzdorliklarni aniqlash va markazlashgan axborot tizimi orqali boshqarishni ta’minlashdir.
Loyiha imkoniyatlari: «Universitet buxgalteriyasi» axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
-
Universitet buxgalteriya bo‘limi ishlarini boshqarish;
-
Talabalar haqida umumiy ma’lumotlarni aniqlash (F.I.O., identifikatsion raqami, ta’lim turi, guruhi, yo‘nalishi);
-
Talabalar to‘lovlarini monitoring qilish (ta’lim ma’lumotlari, shartnoma ma’lumotlari va umumiy summa, to‘langan summa, qarzdorlik qiymati);
-
Talabalarga shartnoma va qo‘shimcha kelishuvlarni shakllantirish, bekor qilingan shartnomalar bilan ishlash;
-
Shartnomaga muvofiq to‘lov ma’lumotlarini kiritish;
-
Talabalar yotoqxona xizmatidan foydalanish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish, shartnomalarni shakllantirish va boshqarish;
-
Statistik ma’lumotlar bilan ishlash;
-
Va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.
Foydalanilgan texnologiyalar: Ma’lumotlar ombori – PostgreSQL, Back-end – Laravel PHP Framework, Front-end – Vue.js va boshqalar.
Loyiha modullari:
-
«Talaba ma’lumotlari bilan ishlash» moduli;
-
«Qabul jarayonidagi abituriyentlar bilan ishlash» moduli;
-
«Shartnomalar» moduli;
-
«Qo‘shimcha kelishuv» moduli;
-
«To‘lovlarni kiritish» moduli;
-
«Yotoqxona arizalari» moduli;
-
«Statistik ma’lumotlar» moduli;
-
«Sozlamalar» moduli;
-
«Yotoqxona xizmati buxgalteriyasi» moduli;
-
«Xabarlar» moduli.
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
Profi University
Mijoz🛑 «Profi University» xususiy universitetida buxgalteriya jarayonlari uchun yagona, markazlashgan axborot tizimi yetishmas edi.
🛑 Talabalar bilan ishlash, shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorliklarni qo‘lda yoki turli tizimlarda yuritish samardorlikni pasaytirardi.
🛑 To‘lovlarni monitoring qilish va qarzdorliklarni tez aniqlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar yo‘q edi.
🛑 Yotoqxona xizmatlari uchun arizalar va shartnomalarni boshqarish jarayoni murakkab va ko‘p vaqt talab etardi.
🛑 Statistik hisobotlar va moliyaviy ma’lumotlarga tezkor kirish imkoniyati cheklangan edi.
Progress Solution Technologies
Kompaniya✅ 2023-yilda «Profi University» va Progress Solution Technologies MCHJ o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi; loyiha 2024-yilda kengaytirildi.
✅ Ushbu hamkorlik doirasida universitet buxgalteriya ishlarini markazlashgan va avtomatlashtirilgan tarzda boshqaruvchi «Universitet Buxgalteriyasi» axborot tizimi ishlab chiqildi.
✅ Loyihaning maqsadi — shartnomalar tuzish, to‘lovlarni kiritish va monitoring qilish, qarzdorliklarni aniqlash hamda bu jarayonlarni markazlashgan tizim orqali samarali boshqarishni ta’minlashdir.
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Cum sed animi et te
Facere eiusmod vitae.