image

Talabalar Yotoqxonasi

Veb-sayt va CRM tizimlar

Mijozlar Profi University
Loyiha turi Veb-sayt va CRM tizimlar
Ishlab chiqilgan vaqt Dekabr 2023 - Fevral 2023
Saytga o’tish image

Loyiha haqida: «Talabalar yotoqxonasi» — bu «Profi University» xususiy universitetining yotoqxonadagi ish jarayonlarini boshqaruvchi veb-tizim hisoblanadi. «Talabalar yotoqxonasi» 2023–2024 yillarda ishlab chiqilgan. Loyihaning asosiy maqsadi universitet talabalarini yotoqxonaga elektron tarzda joylashtirish va yotoqxona ichidagi ish jarayonlarini boshqarishdir.

Loyiha imkoniyatlari: «Talabalar yotoqxonasi» axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

  • Universitet yotoqxona xizmatlarini boshqarish;

  • Tizim tomonidan talabaga yotoqxonadan foydalanishni elektron, avtomatik reyting ko‘rsatkichiga ko‘ra aniqlash;

  • Talabalardan yotoqxonadan foydalanish uchun elektron ariza qabul qilish va avtomatik ko‘rib chiqilgan holda javob qaytarish;

  • Talabalar uchun vizual, qulay interfeys orqali xona biriktirish;

  • Yotoqxonaga to‘lovlarni elektron tarzda qabul qilish va boshqarish;

  • Ichki tartib-qoidalarni buzgan talabalarni yotoqxona ma’lumotlaridan chiqarish va yangi talabani o‘rniga qo‘yish;

  • Va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.

Loyiha modullari:

  • «Yotoqxona arizalari» moduli;

  • «Talabalar» moduli;

  • «Ogohlantirilgan talabalar» moduli;

  • «Chetlatish» moduli;

  • «Tizim sozlamalari» moduli:

    • «Binolar» moduli;

    • «Xonalar» moduli;

    • «Yotoqxona e’lonlari» moduli;

    • «Ariza sozlamalari» moduli;

  • «Shaxsiy kabinet» moduli.

Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim

image

Profi University

Mijoz
🛑 «Profi University» xususiy universitetida talabalar yotoqxonasi ishlarini boshqarish uchun yagona markazlashgan tizim mavjud emas edi.
🛑 Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish, xonalarni ajratish va ichki jarayonlarni kuzatish qo‘lda olib borilgani sababli samardorlik past edi.
🛑 Talabalar yotoqxonadan foydalanish bo‘yicha arizalar va so‘rovlarni avtomatik qayta ishlash imkoniyati yo‘q edi.
🛑 To‘lovlarni qabul qilish va hisob-kitoblarni yuritish jarayonlari elektronlashtirilmagan edi.
🛑 Ichki tartib-qoidalarni buzgan talabalarni aniqlash va ularni boshqarish murakkab va vaqt talab qiluvchi jarayon edi.
15:42
image

Progress Solution Technologies

Kompaniya

✅ 2023–2024-yillarda «Profi University» va Progress Solution Technologies MCHJ o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.
✅ Ushbu hamkorlik doirasida «Talabalar Yotoqxonasi» veb-tizimi yaratildi, u talabalarni yotoqxonaga elektron tarzda joylashtirish va yotoqxona ichidagi jarayonlarni samarali boshqarishga imkon beradi.
✅ Loyihaning maqsadi — talabalarga qulay interfeys orqali xonalarni ajratish, arizalarni avtomatik ko‘rib chiqish, to‘lovlarni boshqarish va yotoqxonaga oid barcha jarayonlarni markazlashgan tizim orqali boshqarishdir.

image 16:15

Texnologik yechimlar

Vue.js
Laravel
PostgreSQL

Ish jarayoni

Cum sed animi et te

Facere eiusmod vitae.

Loyihadan vizual lavhalar

Keyingi loyiha

Universitet Buxgalteriyasi